“Turonbank” ATB o‘z xodimlarining bilim va ko‘nikmalarini oshirish maqsadida o‘quv-treninglar o‘tkazayotganligidan xabaringiz bor. Navbatdagi trening Yunusobod BXMda o‘tkazildi.
Trening davomida malakali mutaxassislar tomonidan O‘zbekiston bank tizimida olib borilayotgan ishlar va bank qonunchiligi, Yuridik va jismoniy shaxslar uchun taqdim etilayotgan bank mahsulotlari hamda ularni sotishda zamonaviy usullardan foydalanish, Mijozlarga xizmat ko‘rsatish jarayonida etika qoidalari va xizmat ko‘rsatish standartlariga amal qilish, “Colvir” dasturida ishlash va amaliyotda yuzaga kelayotgan vaziyatlarda to‘g‘ri yo‘l tutish singari mavzular muhokamalar etildi. Shu bilan birga xodimlarning ish jarayonida yuzaga keladigan stress holatlarga bardoshliligini chiniqtirish, taym-menejment va motivasion mavzularda amaliy mashg‘ulotlar o‘tkazildi.
Bu kabi treninglar Turonbankning barcha BXMlarida o‘tkazilmoqda.