29 Yan 2026 - 29 Yan 2026
Joriy yilning 28-yanvar sanasida Toshkent viloyati Ohangaron tumanida “Turonbank” ATB Boshqaruv Raisiga biriktirilgan hududda istiqomat qilivchi aholi bilan uchrashuv tashkil etildi.
“Rahbar va yoshlar” uchrashuvi formatida tashkil etilgan mazkur muloqot davomida fuqarolarning taklif va murojaatlari tinglandi, dolzarb masalalar atroflicha muhokama qilindi hamda joyida aniq tavsiyalar va amaliy yechimlar taqdim etildi.
Uchrashuv doirasida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Oliy Majlis va xalqimizga yo‘llagan Murojaatnomasining mazmun-mohiyati ham keng tushuntirildi.
Uchrashuv davomida aholi bandligini ta’minlash, tadbirkorlikni rivojlantirish, yoshlar tashabbuslarini rag‘batlantirish hamda moliyaviy xizmatlarga kengroq kirish imkoniyatlarini yaratish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.
Turonbank — xalq bilan birga, taraqqiyot yo‘lida!