Turonbank tomonidan taklif etilayotgan unikal xizmatlar va yangilangan “MyTuron” mobil ilovasi!
“Turonbank” ATBning o‘tgan 2022-yildagi asosiy moliyaviy ko‘rsatkichlari:
Demak, 2023-yilning 1-yanvar holatiga moliya muassasamizning jami aktivlari 12 trln. 879 mlrd. so‘mni tashkil yetib, o‘tgan yil bilan solishtirganda 16,9 foizga oshdi. Ushbu ko‘rsatkichlarning yuqorilashida bank kredit portfelining o‘rni ahamiyatli bo‘ldi. Jumladan, hisobot davrida kredit qo‘yilmalari 9 trln. 431 mlrd. so‘mni tashkil etib, o‘tgan yilga nisbatan 16 foizga oshgan. Kredit portfelida yuridik shaxslar ulushi 7 trln. 833 mlrd so‘mni yoki 83 foizni, jismoniy shaxslar hissasi 1 trln. 597 mlrd so‘mni tashkil qilmoqda. Jismoniy shaxslarga ajratilgan kreditlarni o‘tgan yil mos davriga solishtirganda 989 882.0 million so‘mni tashkil qilgan bo‘lsa, deyarli yil davomida 61% ortdi. Bu esa chakana kredit maxsulotlarini jismoniy shaxslarga qiyinchiliklarsiz kredit ajratish tizimi yo‘lga qo‘yilganligini isboti xisoblanadi.
Bundan tashqari, yuridik va jismoniy shaxslardan jalb qilingan depozitlar hajmi 2023-yil yakunlari bo‘yicha 3 trln. 492 mlrd. so‘mga yetdi. Shundan yuridik shaxslar 1 trln. 713. mlrd tashkil qilib 29 foizga, jismoniy shaxslar 1 trln. 125 mlrd so‘mni tashkil qilib 14 foizga, birgalikda xisoblaganda o‘tgan yilga nisbatan jami 23,1 foizga ortdi.
Bugungi globallashuv davrida zamonaviy xizmatlar, aqlli, tezkor va raqamli mahsulotlarga bo‘lgan talab kundan – kunga oshib bormoqda. Hayotimizni sun’iy intellekt va gadjetlar kabi to‘rtinchi sanoatning eng so‘nggi yutuqlari qamrab olyapti. Bu esa iste’molchilarning talab va xohishlaridan kelib chiqqan holda takliflarni ilg‘or texnologiyalar bilan bog‘lash, ortiqcha harakat va xarajatsiz xizmatlarni ishlab chiqishga undamoqda.
Ayni vaqtda kompleks transformatsiya jarayonlarini olib borayotgan “Turonbank” aksiyadorlik tijorat banki ham ayni shu tendensiyadan kelib chiqqan holda o‘z faoliyatini “Digital – banking” formatiga o‘zgartirmoqda. Xususan, mijozlarga ko‘rsatilayotgan xizmatlarning deyarli barchasi xorijiy andozalar, yangi dasturlarga almashtirilmoqda. Xususan, moliyachilar tili bilan aytganda “riteyl biznes” ya’ni chakana bozor yo‘nalishida jismoniy shaxslarga bir – biridan jozibador mahsulotlar taqdim etilyapti.
O‘zbekiston milliy matbuot markazida o‘tgan navbatdagi press – anjumanda “Turonbank” aksiyadorlik tijorat banki ekspertlari bu boradagi to‘liq ma’lumotlar bilan o‘rtoqlashishdi.
Dastavval Chakana biznes departamenti direktori o‘rinbosari Eldor Vaxabov yangilangan MyTuron ilovasi, uning imkoniyatlari, bugungi naqd – pulsiz hisob – kitoblar bozorida ilova taklif etayotgan qulayliklar bo‘yicha gapirdi:
- “Hech kimga sir emas, bugun mobil banking atamasi hayotimizning ko‘plab jabhalarida uchramoqda. Savdo – sotiq, umumiy ovqatlanish muassasalari, internet do‘konlar, o‘zaro pul o‘tkazmalari, to‘lovlarni onlayn amalga oshirish va hokazo. Deyarli hech kim ehtiyojidan ortiqcha naqd pulni olib yurayotgani yo‘q. Albatta, bu o‘zbek moliya bozorining jahon tendensiyalariga yaqinlashib borayotganidan dalolat beradi. “Turonbank” aksiyadorlik tijorat banki ham ushbu tez sur’atlar bilan rivojlanib borayotgan maydondagi trendlardan qolishmagan holda o‘zining mavjud mobil ilovasini ham vizual ham texnologik jihatdan yangiladi. Bu o‘zgarishlar bankdagi transformatsiya jarayonlari doirasida xorijiy ekspertlar ishtirokida amalga oshirildi. Bizning oldimizda turgan asosiy vazifa eng avvalo mavjud mijozlar bazasini yana-da ko‘paytirish va an’anaviy bank taqdim etayotgan ko‘plab xizmatlarni smartfonlarga o‘tkazish edi. Oddiy qilib aytganda, mijozlar moliya muassasasiga kelmagan holda bank mijoziga aylanishi, o‘zining shaxsiy to‘lov kartasiga ega bo‘lishi hamda qisqa vaqt ichida kredit mablag‘laridan foydalanishi lozim edi. Ayni shu maqsadda biz muhim jihatlardan biri bo‘lgan ularning identifikatsiyadan o‘tishini zamonaviy “Face ID” texnologiyasi yordamida biriktirdik. Ya’ni, ilovaning o‘zida onlayn suratga tushib umumiy bazaga yuborish imkoniyati paydo bo‘ldi. Shuningdek, ilovaning o‘zidan kartaga buyurtma berish, barcha to‘lovlarni amalga oshirish, mavjud kredit qarzdorliklarini so‘ndirish, kredit olish uchun arizalar qoldirish, onlayn omonat ochish va konversiya amaliyotlarini bajarish kabi 100 ga yaqin xizmatlarni ishga tushirdik. Bundan tashqari, bugun eng ommabop bo‘lgan onlayn mikroqarz xizmatini ham yo‘lga qo‘yib, uni rasmiylashtirish uchun ilovaning o‘zida bepul virtual “Humo” kartasini joriy etdik. Mijozlar ilovaga o‘zlarining Turonbankda ochilgan plastik kartochkalarini biriktirib ham ushbu kreditni olishlari mumkin bo‘ldi. Avvaliga ushbu kreditning muddati 12 oygacha bo‘lib, miqdori 10 mln. so‘m edi. Ayni vaqtda talabdan kelib chiqqan holda mazkur miqdorni 30 mln. so‘mgacha 24 oylik muddatga qadar ko‘tarmoqchimiz. Ahamiyatli jihati, 2022-yilning noyabr - dekabr oylarida ilovani test rejimida ishga tushirgan bo‘lsak, 2023-yilning boshiga kelib to‘liq quvvat bilan ishlashni boshladi va shu qisqa fursat ichida uni yuklab olganlar soni 80 ming yaqinlashdi. Hozirda ilovani yana-da takomillashtirish bo‘yicha amaliy ishlar davom ettirilmoqda.
Hamkasbining fikrlarini davom ettirar ekan, Chakana biznes departamenti direktori o‘rinbosari Alisher Tolipov jismoniy shaxslarga ajratilayotgan yangi kredit turlari va yuqori foizli omonatlar haqida to‘liq ma’lumot berdi.
- “Bugungi kunda iste’molchilarning aksariyat qismi avtokreditlar bozorida faol ishtirok etmoqda. Ayni shu jihatni inobatga olgan holda “Turonbank” aksiyadorlik tijorat banki ham jismoniy shaxslar uchun bir necha turdagi qulay avtokredit mahsulotlarini ishlab chiqdi. Xususan, biz aholining barcha qatlamini qamrab olish maqsadida nafaqat rasmiy daromadga ega bo‘lgan balki rasmiy daromadga ega bo‘lmagan fuqarolar uchun ham kredit ajratishni boshladik. Ya’ni:
“Imkoniyat” avtokrediti!
"Rasmiy daromadsiz" birlamchi va ikkilamchi bozor uchun:
Kredit muddati: 4 yilgacha
Boshlang'ich to'lov: 36%dan
Kredit foizi: 25,9%
Kredit miqdori: 900 mln. so‘mgacha
"Rasmiy daromad bilan" birlamchi va ikkilamchi bozor uchun:
Kredit muddati: 5-yilgacha
Boshlang‘ich to‘lov: 10%dan
Kredit foizi: 24,9%
Kredit miqdori: 900 mln. so‘mgacha
"EcoGreenCar" elektromobillar uchun avtokredit!
"Rasmiy daromadsiz" birlamchi va ikkilamchi bozor uchun:
Kredit muddati: 4-yilgacha
Boshlang‘ich to‘lov: 36%dan
Kredit foizi: 25%
Kredit miqdori: 600 mln. so‘mgacha
"Rasmiy daromad bilan" birlamchi va ikkilamchi bozor uchun:
Kredit muddati: 4-yilgacha
Boshlang‘ich to‘lov: 20%dan
Kredit foizi: 25%
Kredit miqdori: 600 mln. so‘mgacha
O‘z so‘zini davom ettirar ekan, Chakana biznes departamenti direktori o‘rinbosari Alisher Tolipovo‘zini – o‘zi band qilgan litsenziyaga ega fuqarolar uchun ham maxsus "Avto Self" avtokrediti ishlab chiqilganligini qo‘shimcha qildi. U orqali eski mashinalarda yuk tashib yurgan fuqarolar rasmiy daromadga ega bo‘lmay turibbirlamchi va ikkilamchi bozordan yengil yuk mashinalarini (2,5 tonnagacha) kreditga olishlari mumkin bo‘ladi.
"Avto Self" birlamchi va ikkilamchi bozordagi yengil yuk mashinalari uchun:
Kredit muddati: 4-yilgacha
Boshlang‘ich to‘lov: 36%dan
Kredit foizi: 25%
Kredit miqdori: 300 mln. so‘mgacha.
- “Avtokreditlar bozorida “Turonbank” aksiyadorlik tijorat banki taklif etayotgan yana bir unikal mahsulot bu ko‘pchilikning muammosidan kelib chiqqan holda ishlab chiqildi. Ya’ni, odatda yangi avtomashina olayotgan fuqaro o‘zi tanlagan mashina narxining 50 foizini boshlang‘ich to‘lov sifatida to‘laydi. Qolgan 50 foizi esa avtomobil taqdim etilganda to‘lanadi. Ko‘pchilik mijozlar banklarga shu qolgan 50 foizini to‘lash uchun kredit so‘rab kelishadi va rad javobini olishadi. “Turonbank” aksiyadorlik tijorat bankining yangi avtokredit mahsuloti esa mana shundan holatlar uchun ham endi kredit ajratadi. Bunda fuqarolardan hech qanday boshlang‘ich to‘lov va rasmiy daromad talab etilmaydi. Ular belgilangan mujjatda qolgan 50 foizi uchun olgan kreditlarini bo‘lib to‘layveradilar. Shu bilan birga “Turonbank” aksiyadorlik tijorat banki tomonidan fuqarolarga “Iste’mol kredit”, “Ta’lim krediti”, “Birlamchi bozor uchun ipoteka krediti”, “Mikroqarz”, “Sayohat uchun kredit”, “Quyosh panellari uchun ekopanel krediti” va “Sog‘liqni tiklash uchun kredit”lar taqdim etilmoqda. Ularning batafsil shartlari bilan www.turonbank.uz sayti orqali tanishishingiz mumkin. Bundan tashqari, bugungi kunda aholi jamg‘armalarini ishonchlik va xafsiz ko‘paytirish maqsadida yuqori foizli milliy va xorijiy valyutadagi jozibador omonatlarimiz ham ishlab turibdi. Ya’ni:
"Unique" omonati - xorijiy valyutada (AQSh dollari)
Omonat muddati: 12 oy
Yillik foizi: 5%
Foizlar har oyda to‘lanadi
Istalgan vaqtda pul qo‘shish imkoniyati
"Ustuvor" omonati - milliy valyutada
Omonat muddati: 18 oy
Yillik foizi: 22%
Foizlar har oyda to‘lanadi
Istalgan vaqtda pul qo‘shish imkoniyati
“Turonbank” aksiyadorlik tijorat banki mutaxassislarining ta’kidlashicha, taklif etayotgan barcha xizmatlar bo‘yicha batafsil ma’lumotni www.turonbank.uz rasmiy sayti, ijtimoiy tarmoqdagi bank sahifalari, TuronBank Media YouTube kanali va 1220 qisqa raqami orqali olish mumkin ekan.