Press – tur: jurnalist va blogerlar yirik loyihalar bilan tanishishdi!

DSC03936 (5).JPG

Turonbank axborot xizmati tomonidan OAV vakillari uchun tashkil etilgan navbatdagi press – tur tadbirida, jurnalist va blogerlar moliya muassasasining Toshkent shahridagi yirik va muvaffaqiyatli loyihalari bilan yaqindan tanishishdi.

IMG_0908.JPG

IMG_0983.JPG

Xususan, “UzReport TV”, “Renessans TV”, “O’zbekiston 24 TV” telekanallari, “UzA” “Hurriyat”, “Xalq So’zi”, “Effekt.uz” va “Bankers.uz” bosma hamda internet nashrlari vakillari dastlab, Toshkent viloyati Zangiota tumanidagi 5,2 gektarlik maydonda joylashgan “Melek” brendi ostidagi zavodga tashrif buyurishdi.

IMG_0915.JPG

photo_2023-08-07_10-43-39 (2).jpg

Turonbank tomonidan taqdim etilgan kredit evaziga korxona ishlab chiqarish jarayoniga Turkiya va Xitoy davlatlarining sutni qayta ishlash va sog‘ish, ularni saqlash hamda biogaz ishlab chiqarish kabi zamonaviy texnologiyalarni jalb qilgan va Germaniya mamlakatidan 800 bosh qoramol ham olib kelgan. Hozirgi kunda 1000 boshdan ortiq naslli qoramollar Yevropa standartlariga mos ravishda boqilmoqda. Natijada, 50 xildagi yuqori sifatli sut va sut mahsulotlari, un mahsulotlari hamda kungaboqar yog‘i ekologik toza xom – ashyolar asosida ishlab chiqarila boshlandi. Zavodning quvvati esa soatiga 10 tonna sutni qayta ishlash, yiliga 23 - 24 tonna pishloq, 19 – 20 tonna sut mahsulotlari, 60 – 70 tonna saryog‘ tayyorlashga etadi.

IMG_0927.JPG

IMG_0951.JPG

Shuningdek, zavodda kalsiy tuziga boy, yuqori qiymatli ozuqa mahsuloti hisoblanmish “Gauda”, “Mozarella”, “Labne” singari qattiq va yumshoq navli pishloqlarni ishlab chiqaruvchi sex ham ishga tushirilgan. Undagi yuqori sifatli mahsulotlar esa Italiya, Shveysariya, Fransiya, Germaniya kabi yirik pishloq tayyorlovchi kompaniyalarnikidan hech ham qolishmaydi.

photo_2023-08-07_10-43-39.jpg

IMG_0970.JPG

photo_2023-08-07_10-43-41.jpg

“ - Yurtboshimiz tomonidan biznesni rivojlantirish uchun yaratilayotgan sharoitlar, har qanday ishbilarmonga shijoat bag‘ishlamoqda. Biz ham shu qulayliklardan foydalangan holda xalqimiz uchun sifatli bo‘lgan sut mahsulotlarini taqdim etishga qaror qildik. Loyihamiz ko‘p tarmoqli bo‘lgani uchun katta quvvatda ishlovchi zavodni qurishga kirishdik va bunda bizga Turonbankning moliyaviy ko‘magi juda qo‘l keldi. Ya’ni, bugun aholimiz sevib iste’mol qilayotgan “Melek” brendi ostidagi sut va sut mahsulotlari, un hamda kungaboqardan o‘simlik yog‘i mahsulotlarini ishlab chiqarish uchun eng zamonaviy uskunalar va zotli qoramollarni xarid qildik. Natijada, tez fursatda ishlab chiqarish yo‘lga qo‘yilib, 200 ga yaqin yangi ish o‘rinlari yaratildi. Ayni payt 50 xil mahsulotlar mavjud bo‘lsa, yaqin yillarda ularning sonini 70 taga yetkazish rejalashtirilyapti, deydi “Melek best milk” rahbari Obidjon Karimberdiyev.

photo_2023-08-07_10-43-42.jpg

IMG_0984.JPG

OAV vakilarining navbatdagi manzili 2015-yilda o‘z faoliyat boshlagan “Genotexnologiya” klinik laboratoriyasi bo‘ldi. Korxona O‘zbekistonda birinchilardan amaliy tibbiyotda yuqori texnologiyali molekulyar genetik yondashuvlarni joriy etgan brend hisoblanadi. Klinikada xromosoma, irsiy genetik va onkogematolik kasalliklar, trombofiliya bilan og‘rigan bemorlarga tashxis qo‘yililadi. Shuningdek, keng ko‘lamli molekulyar genetik, sitogenetik va klinik qon tekshiruvlari amalga oshiriladi.  

photo_2023-08-07_10-43-46.jpg

IMG_1007.JPG

photo_2023-08-07_10-43-43.jpg

Tibbiyot muassasasidagi barcha zamonaviy texnologiyalar Yevropaning ko‘plab davlatlaridan keltirilgan bo‘lib, asosan sun’iy intellekt dasturida ishlaydi va shuning uchun ham tekshiruv natijalariga inson omili aralashmaydi. Bugungi kunda bu yerda umumiy hisobda 1500 dan ortiq tahlil turlari mavjud bo‘lib, 100 nafarga yaqin malakali shifokorlar bu borada aholiga xizmat ko‘rsatadi.  

photo_2023-08-07_10-43-44 (2).jpg

IMG_1935-scaled.jpg

IMG_1027.JPG

DSCF5536-scaled.jpg

DSCF5528-scaled.jpg

DSCF5618-scaled.jpg

“ – Bizning asosiy hamkorimiz Turonbank hisoblanadi. Hozirga qadar korxonaga moliya muassasasi tomonidan umumiy hisobda 10 mlrd. 500 mln. so‘m miqdorida kreditlar ajratilgan. Bu mablag‘lar evaziga esa klinika o‘z moddiy – texnika bazasini yana-da mustahkamlab, MDH va Yevropa mamlakatlaridan zamonaviy tibbiyot texnologiyalari hamda asbob – uskunalarini xarid qilganmiz” deydi “Genotexnologiya” klinik rahbari Jaloliddin Xo‘jahmedov.

IMG_1009.JPG

Press – tur doirasidagi eng so‘nggi loyiha 1999-yildan buyon O‘zbekiston elektrotexnika sanoati uchun o‘zining keng tarmoqli xizmat hamda mahsulotlarini taqdim etib kelayotgan “NVA” korxonasi bo‘ldi. Zavod qariyb 6 gektar maydonda joylashgan bo‘lib, u yerda 100 nafarga yaqin texnolog muhandislar tomonidan kichik va katta kuchlanishda ishlovchi elektr asbob – uskunalari, 0,4 kilovattdan 110 kilovattgacha bo‘lgan import o‘rnini bosuvchi zamonaviy podstansiyalar, kabel hamda simlarni kompleks montaj qilishda ishlatiladigan buyumlar, tejamkor va zamonaviy ko‘rinishdagi yuqori quvvatli elektr isitish qozonlari, shuningdek, elektr energiyasini qabul qilish hamda taqsimlashga mo‘ljallangan past va yuqori voltli uskunalar, xullas 100 dan ortiq mahsulotlar ishlab chiqariladi.

photo_2023-08-07_10-45-34.jpg

IMG_1051.JPG

100.jpg

104.jpg

101.jpg

“ - Aslida elektrotexnika maxsulotlari asosan rivojlangan xorij davlatlaridan xozirga kadar bizga import shaklida kirib kelgan bulib, sarf-xarajatlarning bir muncha ortishiga sabab bulgan. NVA korxonasining intiluvchan yoshlari esa Prezidentimiz tomonidan yaratilgan sharoitlar natijasida kuplab maxsulotlarni maxalliylashtirishga erishishdi. Mana masalan xonadonlar uchun muljallangan gazli va elektr isitish kozonlari hamda vakuumli uchirgichlar.

IMG_1053.JPG

103.jpg

109.jpg

IMG_1059.JPG

110.jpg

photo_2023-08-07_10-43-37.jpg

121.jpg

photo_2023-08-07_10-45-35.jpg

IMG_1142.JPG

122.jpg

photo_2023-08-07_10-45-38.jpg

115.jpg

photo_2023-08-07_10-45-37.jpg

120.jpg

Mahsulotlarning yillik ishlab chiqarish hajmi 700 mlrd. so‘mga teng bo‘lib, bugungi kunda zavodda 100 nafarga yaqin xodim mehnat qilmoqda. Ahamiyatlisi, korxona hozirga qadar juda ham ko‘plab yirik loyihalarda o‘z mahsuloti va xizmatlari bilan ishtirok etib kelmoqda. Xususan, ulardan biri Toshkent shahridagi yer usti xalqa metro liniyasi kurilishiga elektr uskunalarini yetkazib berganligidir. Shuningdek, Andijon, Chirchiq, Buxoro, Samarqand va Toshkent shaharlarida markazlashtirilgan isitish tizimini rekonstruksiya qilish va energiya samaradorligini oshirish kompleksini ham sifatli mahalliy uskunalar bilan ta’minlagan. Turonbank bilan hamkorlik 2013-yildan boshlangan bo‘lib, moliya muassasasi korxonaning har tomonlama rivojlanishi uchun barcha imkoniyatlarni yaratib kelmoqda” deydi NVA korxonasi rahbari Sayfutdin Sirojiddinov.

IMG_1157.JPG

IMG_1159.JPG

IMG_1160.JPG

IMG_1132.JPG

DSC03948 (4).JPG