“Turonbank“ ATBda gender sezgirlikka bag‘ishlangan o‘quv seminar o‘tkazildi

“Gender asosidagi zo‘ravonlikkka qarshi 16 kun faollik“ doirasida “Turonbank” ATBning Bosh bank binosida “Bank faoliyatida gender sezgirligi: xodimlar bilimini oshirish va xizmat ko‘rsatishda gender aspektlarini tahlil qilish” mavzusida targ‘ibot tadbiri yuqori saviyada bo‘lib o‘tdi.

Tadbir davomida quyidagi yo‘nalishlar yoritildi:
  •  Bank faoliyatida gender sezgirligi va xodimlar bilimini oshirish,
  •  Xizmat ko‘rsatishda gender aspektlarini tahlil qilish,
  •  Amaliy mashg‘ulotlar hamda keyslar,
  •  “Xotin-qizlarga nisbatan zo‘ravonlikka barham berish uchun birlashaylik” mavzusi.
Mazkur seminar Markaziy Osiyo mamlakatlari bo‘yicha xalqaro gender mutaxassisi Farzona Khashimova tomonidan olib borildi. O‘quv seminarida Bank Boshqaruv a’zolari, departament direktorlar hamda xodimlar faol ishtirok etishdi.

Tadbir yakunida davra muhokamasi va fikr almashinuvi o‘tkazilib, gender tengligi va xodimlar o‘rtasida ijtimoiy mas’uliyatni oshirishga qaratilgan takliflar ilgari surildi.