Turonbank xodimlari Malayziyada malaka oshirishmoqda!

20230310_121820.jpg

Personalning shaxsiy rivojlanishi uchun doimiy investitsiya kiritib kelayotgan Turonbank bu safargi “Training courses” dasturi uchun Malayziya davlatini tanladi. Unda bankirlar Islom moliyasi va islom moliyalashtirilishi yo‘lga qo‘yilgan tijorat banklari tajribasi bilan yaqindan tanishishni maqsad qilishgan.

photo_2023-03-09_17-15-51.jpg

“Utara university of Malaysia” bilan hamkorlikda tashkil etilgan 10 kunlik “Experience sharing program”da xodimlar xalqaro toifadagi tajribali mentorlardan islom moliyasi va uning o‘ziga xos jihatlarini o‘rganishmoqda. Shuningdek, dastur doirasida “Bank Islam Malaysia” tashrif buyurib, bevosita faoliyat bilan jonli tanishish ham belgilangan.

photo_2023-03-09_07-15-10.jpg

Ma’lumot uchun: Bugungi kunda Malayziya davlatida 26 ta moliya muassasasi faoliyat yuritayotgan bo‘lib, shundan 17 tasida islom bankchiligi yo‘lga qo‘yilgan. Xususan, ularning 6 tasi an’anaviy banklardan farqli ravishda to‘liq islomiy bank sifatida faoliyat yuritsa, qolgan 11 tasi islomiy moliyalashtirish darchasini joriy qilgan.

20230310_121835.jpg

Xabaringiz bor, bir necha yillardan buyon ayni yo‘nalishda Turonbank “Xususiy tarmoqni rivojlantirish bo‘yicha Islom korporatsiyasi” bilan hamkorlik qilib keladi va bir qator shartnomalar ham imzolagan.