18 Iyul 2025 - 18 Iyul 2025
Turonbank vakillari 531-SCHR harbiy qismida yoshlar bilan uchrashuv o‘tkazdi
Joriy yilning 17-iyul kuni Chirchiq shahridagi 531-SCHR harbiy qismida “Turonbank” ATB vakillari yosh harbiylar bilan uchrashuv o‘tkazdi. Tadbir yoshlarning moliyaviy savodxonligini oshirish va ularni bank sohasi bilan yaqindan tanishtirish maqsadida tashkil etildi.
Uchrashuv “Turonbank” ATB Chakana biznes departamenti direktori A.Talipov va Boshqaruv Raisining Matbuot kotibi, Markaziy bank “Finlit.uz” loyihasi volontyor treneri Sh.Qo‘chqarov boshchiligida o‘tkazildi. Unda davlat tomonidan yoshlarga berilayotgan e’tibor, moliyaviy imkoniyatlar va zamonaviy bank xizmatlari haqida batafsil ma’lumotlar berildi.
Tadbir davomida O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki tomonidan amalga oshirilayotgan ”Finlit.uz” loyihasi asosida harbiy xizmatchilarga shaxsiy moliya, jamg‘arma, xavfsiz to‘lov tizimlari va bank mahsulotlaridan oqilona foydalanish bo‘yicha amaliy tavsiyalar berildi.
Uchrashuv yakunida “Turonbank” ATB Boshqaruv Raisining maxsus esdalik sovg‘alari harbiy qism batalyoniga topshirildi.
Turonbank – moliyaviy bilim, ishonch va barqaror kelajak sari ishonchli hamroh!