Uchqo‘rg‘onda “Limon sayli” – Bog‘bonlar uchun yangi ufqlar eshigi!

 Ayni damda Uchqo‘rg‘on tumani Uchyog‘och MFYda “Turonbank” ATB hamda Limonchilik uyushmasi hamkorligida “Limon sayli” nomli ko‘rgazmali seminar bo‘lib o‘tmoqda. 

Mazkur tadbir limonchilar, bog‘bonlar, tadbirkorlar va mehnatkash yurtdoshlarimiz uchun ilhom manbai bo‘lishi, yangi bilim va imkoniyatlar eshigini ochish maqsadida tashkil etildi. 

Tadbirda Uchqo‘rg‘on tumani hokimi, Qishloq xo‘jaligi vazirligi, Markaziy bank Namangan Bosh boshqarmasi, shuningdek, Ilmiy sinov va sifat nazorati Davlat muassasasi vakillari ishtirok etmoqda. 

Seminar doirasida ishtirokchilar:
▪️ Limonchilikni rivojlantirish yo‘nalishida amalga oshirilayotgan ishlar bilan tanishishmoqda;
▪️ Mahsulot eksporti bo‘yicha fikr almashishmoqda;
▪️ Qishloq xo‘jaligi fanlari doktori, dotsent Nuritdin Faxrutdinovdan amaliy tavsiyalar olishmoqda. 

Shuningdek, @uzbek_limoni Telegram guruhi haqida ham ma’lumot berildi — bu yerda limonchilar mutaxassislar bilan muloqot qilish, ko‘chat yetishtirishdagi yangiliklar bilan tanishish imkoniyatiga ega bo‘ladilar. 

Tadbir yakunida esa ishtirokchilar Uchqo‘rg‘on tumanidagi namunaviy issiqxonalarni ko‘zdan kechirib, o‘zaro tajriba almashadilar.

photo_2025-07-16_19-24-57.jpg
photo_2025-07-16_19-24-59.jpg
photo_2025-07-16_19-24-58.jpg
photo_2025-07-16_19-24-56.jpg
photo_2025-07-16_19-24-54.jpg
photo_2025-07-16_19-24-55.jpg
photo_2025-07-16_19-24-53.jpg