“Turonbank” ATBda yoshlarning g‘oya va tashabbuslarini amaliyotga joriy etish, bank faoliyatida yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan kamchiliklarni o‘z vaqtida oldini olish maqsadida shaxsan Bank boshqaruv Raisi bilan turli formatdagi uchrashuvlar tashkil etiladi.
30-iyun Yoshlar kuni munosabati bilan Turonbankda faoliyat olib borayotgan yosh bankirlar Bank boshqaruv Raisi rahbarligida Yoshlar siyosati va sport vazirining birinchi o‘rinbosari, Yoshlar ishlari agentligi direktori Alisher Sa’dullayev, Yoshlar parlamenti raisi Shaxnoza Joldasheva hamda bank Ambassadori Jahongir Voxidov bilan uchrashdi.
Mazkur uchrashuvda moliya muassasasida faoliyat olib borayotgan yoshlar o‘zaro fikr almashish imoniyatiga ega bo‘lib, Yoshlar ishlari agentligi direktori, Yoshlar parlamenti raisi va Turonbank Ambassadoridan o‘zlarini qiziqtirgan savollarga javob olish hamda eng asosiysi kelajakda muvaffaqiyatli yoshlar qatorida bo‘lish borasida yangi tajribalarga ega bo‘lishdi.
Yosh bankirlar o‘z oldilariga aniq maqsadlarni qo‘yib ularga erishish yo‘lida rejalarni ham tuzib olishdi.
17 Iyun 2023 - 17 Iyun 2035