Jahongir Vahidov Turonbank ambassadori!
Markaziy Osiyoda eng yosh xalqaro grossmeyster sifatida tanilgan, 44 – shaxmat olimpiadasi g‘olibi va “O‘zbekiston iftixori” medali sohibi Jahongir Vahidov “Turonbank” ATB brendining rasmiy elchisi sifatida faoliyat boshladi.
Taniqli yosh sportchi bilan tuzilgan hamkorlik doirasida endilikda moliya muassasasi mamlakatimizda shaxmatning yana-da rivojlanishiga hissa qo‘shsa, o‘z o‘rnida Jahongir Vahidov bank taklif etayotgan keng turdagi xizmatlar, ishlab chiqilayotgan yangi mahsulotlarning ommalashishida ko‘maklashadi.
Bir so‘z bilan aytganda, endi Jahongir Vahidov Turonbank marketing strategiyasining ajralmas qismiga aylanib, korporativ imijning asosiy qahramoni bo‘ladi.