26 Sen 2025
24–26 sentabr kunlari Alisher Navoiy nomidagi O’zbekiston Milliy kutubxonasida “Bank va Ma’rifat: Bilimli jamiyat bilan qudratli iqtisodiyot sari” forumi bo’lib o’tdi.
Respublika banklari, nashriyotlar, ijodkorlar, jamoatchilik faollari va kitobxonlar ishtirok etgan forumdan ko‘zlangan maqsad aholining moliyaviy savodxonligini oshirish, kitobxonlikni kengaytirish, mahalla darajasida bilim manbalarini yaqinlashtirish va iqtisodiy qarorlar qabul qilinishida aholining qatnashuvini kuchaytirishdan iborat.
Forum ishida nashriyotlarning savdo yarmarkalari, qolaversa, yangi chop etilgan kitoblar, noshirlik ishi, tarjimon va muharrirlar faoliyati, amalga oshirilgan loyihalar haqida taqdimotlar namoyish etildi. Forumning oxirgi kuni ya’ni yopilish marosimida nashriyotlar hamda banklar o‘rtasida hamkorlik shartnomalari imzolandi.
Xususan, “Turonbank” ATB va “Gutenberg” nashriyoti o‘rtasida o’zaro hamkorlik memorandumi imzolandi. Ushbu memorandum doirasida birgalikdagi loyihalar, kitoblar nashri va targ‘iboti, shuningdek, kitobxonlik madaniyatini oshirishga qaratilgan tadbirlar o‘tkazilishi rejalashtirilgan.
Shuni alohida qayd etish lozimki so‘nggi yillarda “Turonbank” ATB nafaqat moliyaviy xizmatlarni aholiga samarali tarzda taqdim etib kelmoqda, balki milliy adabiyotimizning bebaho durdonalarini targ‘ib qilish, ma’naviy hayotni boyitish borasida ham faol ishtirok etmoqda. Buning yaqqol dalili sifatida bank bosh binosida zamonaviy va shinam kutubxonaning tashkil etilganini alohida ta’kidlash mumkin. Ushbu kutubxona xodimlar va mijozlar uchun adabiyot olamiga oshno bo‘lish, yangi kitoblar bilan tanishish imkonini yaratadi.
Forum doirasida erishilgan kelishuvlar bankning ijtimoiy mas’uliyatini namoyon etib, xalqimizning ma’naviy kamolotiga munosib hissa qo‘shish yo‘lidagi navbatdagi qadami bo‘ldi.

Muallif: Matbuot xizmati
Manba:
Matbuot xizmati