Aholi va qishloq xo‘jaligini ro‘yxatga olish: kelajak rejalari uchun muhim asos

2026-yil 15-yanvardan 28-fevralgacha O‘zbekiston Respublikasida Aholi va qishloq xo‘jaligini ro‘yxatga olish tadbiri o‘tkaziladi. Ushbu jarayon mamlakatimizda ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishni rejalashtirish, hududlar infratuzilmasini takomillashtirish, aholining real ehtiyojlariga mos xizmatlarni shakllantirish hamda qishloq xo‘jaligida samarali boshqaruv qarorlarini qabul qilish uchun muhim statistik asos bo‘lib xizmat qiladi.

Ro‘yxatga olish davomida yig‘ilgan ma’lumotlar va uning natijalari aholining yashash sharoiti va ehtiyojlarini aniqlash, infratuzilmani to‘g‘ri rejalashtirish, yangi ish o‘rinlarini yaratish hamda ijtimoiy xizmatlar sifatini yaxshilash uchun muhim asos bo‘lib xizmat qiladi. Shu bilan birga, barcha ma’lumotlar zamonaviy, himoyalangan axborot tizimlarida saqlanadi, natijalar faqat umumlashtirilgan statistik ko‘rinishda e’lon qilinadi va shaxsga doir ma’lumotlar qonunchilik asosida qat’iy muhofaza qilinadi.

Ro‘yxatga olish jarayoni, ishtirok etish tartibi va onlayn ro‘yxatdan o‘tish bo‘yicha batafsil ma’lumot:
https://census.stat.uz/auth

photo_2025-12-26_10-37-47.jpg