Baxmal tumanida tadbirkorlar bilan ochiq muloqot bo‘lib o‘tdi.

Jizzax viloyati, Baxmal tumani O‘rmonchi MFYda “Turonbank” ATB hamda Baxmal tumani hokimligi hamkorligida navbatdagi ochiq muloqot tashkil etildi. Tadbir “Turon Stable” MCHJga tegishli, 100 gektar maydonda barpo etilgan intensiv olma bog‘i hududida bo‘lib o‘tdi.

Uchrashuv intensiv olma bog‘i tanishtiruvi bilan boshlandi. Loyihaning qiymati 40 mlrd so‘mni tashkil etib, 250 ming dona ko‘chat ekilgan hamda 100% tomchilatib sug‘orish texnologiyasi joriy etilgan. Ushbu maydondan kelgusida o‘rtacha 50 tonna hosil olish rejalashtirilgan.

Muloqot davomida tadbirkorlar bog‘dorchilikni rivojlantirish, zamonaviy agrotexnologiyalarni joriy etish va loyiha samaradorligini oshirish bo‘yicha o‘z fikr-mulohazalarini bildirishdi. Shuningdek, bank tomonidan taqdim etilayotgan imtiyozli kredit dasturlari, mikroloyihalarni moliyalashtirish jarayoni hamda moliyaviy imkoniyatlar haqida batafsil ma’lumot berildi.

Ishtirokchilarga Turonbankning zamonaviy va raqamli bank xizmatlaridan foydalanish imkoniyatlari tanishtirildi, tadbirkorlarning har bir murojaati tinglanib, ularni qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan amaliy takliflar bildirildi.

Turonbank — tadbirkorlar va aholi uchun ishonchli hamkor.

photo_1_2025-12-03_09-41-24.jpg
photo_2_2025-12-03_09-41-24.jpg
photo_3_2025-12-03_09-41-24.jpg
photo_4_2025-12-03_09-41-24.jpg
photo_5_2025-12-03_09-41-24.jpg
photo_6_2025-12-03_09-41-24.jpg
photo_7_2025-12-03_09-41-24.jpg
photo_8_2025-12-03_09-41-24.jpg
photo_9_2025-12-03_09-41-24.jpg
photo_10_2025-12-03_09-41-24.jpg