Bulung‘urda kartoshkachilikda xalqaro hamkorlik va innovatsiyalar bosqichi!

“Turonbank“ ATBning ishonchli boshqaruvida bo‘lgan “Bulung‘ur-Agrostar” MCHJ kartoshkachilik yo‘nalishida xalqaro hamkorlikni yangi bosqichga olib chiqmoqda.

Korxona Misrning “EFC Plants Tissue Culture S.A.E.” hamda “Mustaqbal Misr” kompaniyalari bilan hamkorlik doirasida 250 ming dona mini tuganaklarni hamkorlikda yetishtirib, kartoshka urug‘chiligini elita bosqichigacha rivojlantirish bo‘yicha shartnoma imzoladi.

Shuningdek, Misrning “DALTEX” kompaniyasi bilan kartoshka yetishtirish jarayoniga sun’iy intellekt texnologiyalarini joriy etish bo‘yicha kelishuvga erishilib, innovatsion demonstratsion loyiha amalga oshiriladi.

Mazkur hamkorliklar ilg‘or agrotexnologiyalarni tatbiq etish, hosildorlikni oshirish va hudud iqtisodiy salohiyatini mustahkamlashga xizmat qiladi.

Turonbank — taraqqiyot va innovatsiyalarni qo‘llab-quvvatlaydi!

photo_1_2026-02-09_12-41-22.jpg
photo_2_2026-02-09_12-41-22.jpg
photo_3_2026-02-09_12-41-22.jpg
photo_4_2026-02-09_12-41-22.jpg
photo_5_2026-02-09_12-41-22.jpg
photo_6_2026-02-09_12-41-22.jpg
photo_7_2026-02-09_12-41-22.jpg