Deutsche Bank bilan yangi bosqichdagi hamkorlik sari!

2025-yil 9-oktabr kuni “Turonbank” ATB vakillari Germaniyaning eng yirik va obro‘li moliyaviy institutlaridan biri — Deutsche Bank vakillari bilan uchrashuv o‘tkazdilar.

Uchrashuvda “Turonbank“ ATB Boshqaruv Raisi o‘rinbosari Toxir Axmedov va Deutsche Bank vakili Pinar Japanoglu — “Institutsional naqd pul va savdo operatsiyalari“ departamenti direktori ishtirok etdi. Muloqot davomida uzoq muddatli va o‘zaro manfaatli hamkorlikni yo‘lga qo‘yish, xalqaro moliya tizimidagi o‘zaro aloqalarni yanada mustahkamlash masalalari muhokama qilindi.

Tomonlar quyidagi yo‘nalishlarda hamkorlik qilishga tayyor ekanliklarini bildirdilar:
  • yevro va AQSh dollarida korrespondent hisobvaraqlarini ochish,
  • savdo moliyalashtirish mexanizmlari (akkreditivlar, bank kafolatlari)ni rivojlantirish,
  • eksport-import loyihalarini qo‘llab-quvvatlash, jumladan Germaniya investor va yetkazib beruvchilari ishtirokidagi tashabbuslarni moliyalashtirish,
Turonbank uchun Deutsche Bank — nafaqat moliyaviy hamkor, balki strategik yondashuvi alohida ahamiyat kasb etadi. Uchrashuv yakunida tomonlar ikki davlat moliya tizimlari o‘rtasida ishonchni mustahkamlash, savdo va investitsion aloqalarni kengaytirish, hamkorlikni yangi bosqichga olib chiqish bo‘yicha kelishib oldilar.

Turonbank — xalqaro moliya maydonida ishonchli hamkor

photo_2025-10-13_10-28-53.jpg
photo_2025-10-13_10-28-54.jpg
photo_2025-10-13_10-28-55.jpg
photo_2025-10-13_10-28-56.jpg
photo_2025-10-13_10-28-56 (2).jpg
photo_2025-10-13_10-28-57.jpg
photo_2025-10-13_10-28-57 (2).jpg
photo_2025-10-13_10-28-58 (2).jpg
photo_2025-10-13_10-28-59.jpg