Elita kartoshkachilik yo‘nalishida xalqaro hamkorlik kengaymoqda

“Uzagrostar xolding” tashabbusi doirasida Gollandiyadan import qilingan sertifikatlangan elita kartoshka urug‘lari bo‘yicha Eron davlati mutaxassislari bilan hamkorlik yo‘lga qo‘yilmoqda. Mazkur jarayonlar “Turonbank” ATBning ishonchli boshqaruvida bo‘lgan “Bulung‘ur–Agrostar” MChJ tomonidan amalga oshirilmoqda.

Elita kartoshkalarini ekish, saqlash va sifat nazorati bo‘yicha ilg‘or xalqaro tajribalarni joriy etish, shuningdek, o‘zaro tajriba almashish maqsadida eronlik mutaxassislar - Mahmoud Naderian va Hamid Naderi tomonidan urug‘larning sifati hamda agrotexnik holati joyida o‘rganildi.

Xususan, Bulung‘ur tumani “Xo‘jamazgil” MFY hududida joylashgan tayyorlangan yer maydonlari ko‘zdan kechirilib, qo‘shma faoliyat, investitsion hamkorlik hamda uzoq muddatli rivojlanish istiqbollari bo‘yicha muzokaralar olib borildi,

Turonbank — agrar innovatsiyalar va xalqaro hamkorlik tarafdori! 

photo_4_2025-12-24_14-46-49.jpg
photo_3_2025-12-24_14-46-49.jpg
photo_2_2025-12-24_14-46-49.jpg
photo_1_2025-12-24_14-46-49.jpg