1 Noy 2025
Ellikkal’ada “Limon hosili sayli” — mehnat va tajriba bayrami!
Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Ellikkal’a tumani Guldursum MFY hududidagi “Umidbek Odilbek” MCHJ issiqxonasida “Limon hosili sayli” bo‘lib o‘tdi. Tadbir bank vakillari, tadbirkorlar va agrosoha mutaxassislari ishtirokida o‘tkazildi.
Bayramona ruhda o‘tgan uchrashuvda limon yetishtirishda zamonaviy agrotexnologiyalarni joriy etish, hosildorlikni oshirish va mahsulotni eksportga yo‘naltirish masalalari muhokama qilindi.
“Turonbank” ATB vakillari limonchilik yo‘nalishida tadbirkorlar uchun yaratilgan imtiyozli kreditlar, moliyaviy qo‘llab-quvvatlash mexanizmlari hamda agrar sohada hamkorlikni kuchaytirish tashabbuslari haqida ma’lumot berishdi.
Ellikkal’ada “Limon hosili sayli” — mehnatsevar dehqonlar uchun tajriba almashish, baraka va yangi g‘oyalar manbai bo‘ldi!

Muallif: Matbuot xizmati
Manba:
Matbuot xizmati