Farg‘ona tumani hokimi X.T.Inomov hamda “Turonbank” ATB Boshqaruvi Raisi Ch.S.Mirzayev Farg‘ona tumani “Sanoat” mahallasida bankning invest korxonasi - Farg‘ona Turon bog‘lari MChJ tomonidan amalga oshirilayotgan malina plantatsiyasini barpo etish loyihasi bilan yaqindan tanishdilar.

Loyiha doirasida yer maydonlaridan samarali foydalanish, intensiv ko‘chat ekish, zamonaviy tomchilatib sug‘orish tizimini joriy etish hamda eksportbop, yuqori qo‘shimcha qiymatga ega mahsulot yetishtirish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

Mazkur tashabbus hududda yangi ish o‘rinlari yaratish, agrotexnologiyalarni keng joriy etish va mahalliy byudjet tushumlarini oshirishga xizmat qiladi.

“Turonbank” ATB real sektorni qo‘llab-quvvatlash, hududlarda daromadli va eksport salohiyatiga ega loyihalarni rivojlantirish orqali barqaror iqtisodiy o‘sishga hissa qo‘shmoqda.

photo_3_2026-03-02_16-39-25.jpg
photo_1_2026-03-02_16-39-25.jpg
photo_2_2026-03-02_16-39-25.jpg