“Fitch Ratings” “Turonbank” ATB reytingini ‘BB-’ darajasida baholadi
Joriy yilning 11-noyabr sanasida Fitch Ratings — xalqaro reyting agentligi “Turonbank” ATBning uzoq muddatli kredit reytingini barqaror prognozi bilan ‘BB-’ darajasida baholadi. Ushbu baho bankning moliyaviy barqarorligi, kreditorlar, omonatchilar va investorlar oldidagi moliyaviy majburiyatlarni o‘z vaqtida va to‘liq bajarish uchun yuqori salohiyatga ega ekanligini va xalqaro standartlarga mos faoliyat yuritayotganini ko‘rsatadi.
Nima uchun bu muhim?
- ‘BB-’ darajasi bankning moliyaviy mustahkamligini, ishonchliligini va xalqaro hamkorlar uchun ochiqligini bildiradi. Shu bilan birga, Turonbank endi xalqaro bozorlarda qulay sharoitlarda mablag‘ jalb qilish imkoniyatiga ega bo‘ladi.
Ushbu reyting nafaqat “Turonbank” ATB, balki O‘zbekiston bank tizimi uchun ham yuksak e’tirofdir. Bu mamlakatimiz moliya sektorining ochiqligi, ishonchliligi va global bozorlar bilan integratsiyalashuv darajasini ko‘rsatadi.
“Turonbank” ATB jamoasi innovatsion yondashuv va fidokorona mehnati bilan faoliyatini kengaytirib, xalqaro miqyosda yanada e’tirofga sazovor bo‘lishga intilmoqda.
???? Batafsil: Fitch Ratings rasmiy sahifasida








