Germaniya banklari — o‘ziga xos uchrashuv, o‘ziga xos yondashuv!

Joriy yilning 6-oktabr sanasida “Turonbank” ATB Boshqaruv raisi o‘rinbosari Toxir Axmedov Germaniyaning yirik moliyaviy instituti — Landesbank Baden-Württemberg bankining Savdo moliyalashtirish va korrespondentlik aloqalari departament direktori Anna Nekrasova bilan samarali biznes uchrashuv o‘tkazdi.

Uchrashuv davomida ikki bank o‘rtasida yangi bosqichdagi hamkorlikni yo‘lga qo‘yish, 4,5 million yevro miqdoridagi post-moliyalashtirish dasturini amalga oshirish hamda qisqa muddatli investitsiya mexanizmlarini ishga tushirish masalalari muhokama qilindi. Shuningdek, Turonbank tomonidan sug‘urta kompaniyasi kafolati ostida 10,6 million yevrolik moliyalashtirish jarayonini tezlashtirish, ushbu mablag‘larni Surxondaryo viloyatining Sanggardak hududida kanat yo‘li qurilishi kabi infratuzilma loyihasiga yo‘naltirish rejalari bildirildi.

Germaniya bank tizimiga xos aniqlik, tartib va tizimlilik uchrashuv jarayonida yaqqol namoyon bo‘ldi. Mazkur muloqot ikki tomonlama ishonch va barqaror hamkorlikni mustahkamlab, iqtisodiy aloqalarni yangi bosqichga olib chiqishga xizmat qildi.

Uchrashuv yakunida “Turonbank” ATB vakillari LBBW banki vakiliga esdalik sovg‘alarini topshirdilar, bu esa o‘zaro hurmat va samimiy hamkorlikni ifodaladi. Shuningdek, tomonlar kelgusida yevro va AQSh dollarida vakillik hisobvaraqlarini ochish bo‘yicha aniq rejalarni ham kelishib oldilar.

Turonbank xalqaro moliya maydonida ishonchli hamkor

photo_2025-10-07_15-43-12.jpg
photo_2025-10-07_15-43-13.jpg
photo_2025-10-07_15-43-14.jpg
photo_2025-10-07_15-43-16.jpg
photo_2025-10-07_15-43-17.jpg
photo_2025-10-07_15-43-18.jpg
photo_2025-10-07_15-43-18 (2).jpg