27 Sen 2025
GLOBALG.A.P. xalqaro sertifikati – endi “O‘zbek limoni“ milliy brendida ham mavjud!
“Turonbank“ ATB tashabbusi bilan limonchilik sohasidagi yetakchi tadbirkorlarimiz xalqaro GLOBALG.A.P. sertifikatiga ega bo‘lishdi. Bu yutuq nafaqat fermer xo‘jaligi uchun, balki butun o‘zbek limoni brendi uchun muhim qadamlardan biridir.
“Turonbank“ ATB Xorazm BXM mijozi – “Shokir o‘g‘li Abdulaziz“ MCHJga limon yetishtirish yo‘nalishida ushbu nufuzli sertifikatni qo‘lga kiritdi. GLOBALG.A.P. sertifikati mahsulot yetishtirish jarayonida xalqaro ekologik va sifat standartlariga rioya qilinganini tasdiqlaydi, tadbirkorlarga eksport bozorlariga erkin chiqish imkonini beradi hamda fermer xo‘jaliklari uchun ishonchlilik va raqobatbardoshlikni oshiradi.
Sertifikatlar O‘zbekiston Texnik jihatdan tartibga solish agentligi hududiy bo‘linmalari bilan hamkorlikda tadbirkorlarga rasman topshirildi.
Turonbank – milliy tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlab, ularni xalqaro maydonga olib chiqishda ishonchli hamkor!

Muallif: Matbuot xizmati
Manba:
Matbuot xizmati