Hududlarda iqtisodiy faollikni oshirish bo‘yicha amaliy ishlar davom etmoqda!

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining PF–173-son Farmoni ijrosini ta’minlash maqsadida Qiziltepa tumanida keng qamrovli o‘rganish ishlari olib borilmoqda. O‘rganishlar doirasida joylardagi ijtimoiy-iqtisodiy jarayonlar tahlil qilinib, aholining bandligini oshirishga qaratilgan aniq yo‘nalishlar belgilandi.

Qiziltepa tumanining 30 dan ortiq mahallalarida — xususan “Humo”, “Saroy”, “Nurafshon”, “Furqat”, “Yangi hayot”, “Bo‘ston” va boshqa MFYlarda tuman statistika bo‘limi va tuman hokimligi vakillari hamda “Turonbank” ATBning ishchi guruhi tomonidan joylarda o‘rganish ishlari amalga oshirildi.

Jarayon davomida shtablar faoliyati, infratuzilma imkoniyatlari va hamkor tashkilotlar bilan aloqalar atroflicha tahlil qilindi. O‘rganish natijalariga ko‘ra mahallarda iqtisodiy faollikni kuchaytirish va bandlikni oshirish bo‘yicha aniq tavsiyalar hamda topshiriqlar belgilandi.

Joylarda olib borilayotgan amaliy ishlar hududlarda tadbirkorlikni rivojlantirish, yangi ish o‘rinlari yaratish va iqtisodiy barqarorlikni ta’minlashga xizmat qilmoqda.

photo_1_2025-11-11_20-42-26.jpg
photo_2_2025-11-11_20-42-26.jpg
photo_3_2025-11-11_20-42-26.jpg
photo_4_2025-11-11_20-42-26.jpg
photo_5_2025-11-11_20-42-26.jpg
photo_6_2025-11-11_20-42-26.jpg
photo_7_2025-11-11_20-42-26.jpg
photo_8_2025-11-11_20-42-26.jpg
photo_9_2025-11-11_20-42-26.jpg
photo_10_2025-11-11_20-42-26.jpg