21 Fev 2026
“Turonbank” ATB ko‘magida Qishloq xo‘jaligi fanlari doktori Nuritdin Faxrutdinov boshchiligida Qrimda zamonaviy issiqxona barpo etilib, limon yetishtirish ilmiy asosda yo‘lga qo‘yilgan edi. Mazkur sa’y-harakatlar natijasida yuqori hosildor va eksportbop limon mahsulotlari yetishtirildi.
Ilmiy yondashuv, puxta rejalashtirilgan agrotexnik tadbirlar hamda zamonaviy issiqxona sharoiti mahsulot sifatini yangi bosqichga olib chiqdi. Limon mahsulotlari tashqi ko‘rinishi, ta’mi va saqlanish muddati bilan ajralib turib, xalqaro bozor talablariga mos darajada yetishtirildi.
Moskva shahrida Agency for Strategic Initiatives tashabbuslariga bag‘ishlangan ko‘rgazmada mazkur limon mahsulotlari namoyish etildi. Kuzatuv kengashi yig‘ilishidan avval Rossiya Federatsiyasi Prezidenti Vladimir Putin ko‘rgazmani ko‘zdan kechirar ekan, ushbu mahsulotlar bilan ham tanishdi. Bu ilm-fan va professional yondashuv samarasi xalqaro miqyosda e’tibor qozonayotganining yaqqol ifodasidir.
Natija — bilim, tajriba va ishonch uyg‘unligida!

Muallif: Matbuot xizmati
Manba:
Matbuot xizmati