Markaziy bankning Finlit.uz loyihasi doirasida moliyaviy savodxonlik tadbiri bo‘lib o‘tdi. Tadbirda Finlit.uz loyihasi moliyaviy savodxonlik treneri, “Turonbank” ATB Boshqaruv Raisining Matbuot kotibi Sh.Qo‘chqarov Nukus shahridagi Innovatsion Texnologiyalar Universiteti talabalari bilan bank faoliyati va moliyaviy savodxonlik mavzusida uchrashuv o‘tkazib, yoshlarga kiberxavfsizlik hamda firibgarlikdan himoyalanish bo‘yicha tavsiyalar berdi.

Shuningdek, ta’lim krediti imkoniyatlari, bank xizmatlaridan to‘g‘ri foydalanish hamda moliyaviy barqarorlikni ta’minlash yo‘llari haqida batafsil ma’lumotlar taqdim etildi.

Talabalar tadbirda faol ishtirok etib, o‘z savol va fikrlarini bildirdilar hamda kundalik hayotda qo‘llash mumkin bo‘lgan amaliy bilimlarga ega bo‘ldilar. Bunday uchrashuvlar yoshlarning moliyaviy savodxonligini oshirish va raqamli xavfsizlik madaniyatini rivojlantirishda muhim ahamiyat kasb etadi.

Tadbirni tashkil etishda amaliy ko‘mak bergan universitet rahbariyatiga minnatdorchilik bildiramiz.

photo_10_2026-02-12_17-46-45.jpg
photo_9_2026-02-12_17-46-45.jpg
photo_8_2026-02-12_17-46-45.jpg
photo_7_2026-02-12_17-46-45.jpg
photo_6_2026-02-12_17-46-45.jpg
photo_5_2026-02-12_17-46-45.jpg
photo_4_2026-02-12_17-46-45.jpg
photo_3_2026-02-12_17-46-45.jpg
photo_2_2026-02-12_17-46-45.jpg
photo_1_2026-02-12_17-46-45.jpg