1 Noy 2025
Jizzaxda “Limon hosili sayli” — hosildorlik, innovatsiya va hamkorlik ruhi!
Bugun Jizzax shahri, Amir Temur MFYda joylashgan Ko'xna sharq saltanati MCHJ hududida o‘tkazildi. Tadbirda shahar hokimligi, “Turonbank” ATB vakillari, limon yetishtiruvchilar va tadbirkorlar ishtirok etishdi. Unda limonchilikdagi yutuqlar va kelgusidagi rejalar muhokama qilindi.
Ishtirokchilar agroinnovatsion texnologiyalar, suvni tejovchi sug‘orish tizimlari, yuqori sifatli ko‘chatlar hamda “O‘zbek limoni” milliy brendining eksport imkoniyatlari bilan tanishdilar. Shuningdek, ekologik toza mahsulot yetishtirish va xalqaro bozorga chiqish masalalari yuzasidan fikr almashildi.
“Turonbank” ATB vakillari limonchilikni rivojlantirishga qaratilgan imtiyozli kreditlar, issiqxonalarga moliyaviy ko‘mak hamda yangi bank xizmatlarini tanishtirdilar. Shuningdek, @uzbek_limoni Telegram guruhi limonchilar uchun tajriba va muloqot maydoni sifatida e’tirof etildi.
“Limon hosili sayli” Jizzaxda dehqonlar, hokimlik va bank o‘rtasidagi hamkorlikni mustahkamlovchi hamda tajriba almashuvini rag‘batlantiruvchi muhim maydon bo‘ldi.

Muallif: Matbuot xizmati
Manba:
Matbuot xizmati