22 Dek 2025
Kiberxavfsizlik — bugunning talabi, kelajakning kafolati!
“Turonbank” ATBda “Bank va to‘lov tizimlarida kiberxavfsizlik: bugungi holat va kelajakdagi tahdidlar” mavzusida muhim muloqot bo‘lib o‘tdi. Tadbirda bank va davlat tashkilotlari vakillari, shuningdek, yoshlar parlamenti a’zolari ishtirok etdi.
Mazkur muloqotda “Turonbank” ATB Boshqaruv Raisi o‘rinbosari ham qatnashib, bank tizimida kiberxavfsizlikni ta’minlash, firibgarlik va kiberjinoyatlarga qarshi kurashish bo‘yicha amalga oshirilayotgan amaliy ishlar haqida to‘xtalib o‘tdi.
Tadbir davomida “Turonbank” ATBda Telekom antifrod tizimi ishga tushirilgani qayd etilib, ushbu tizim shubhali operatsiyalarni real vaqt rejimida aniqlash orqali mijozlar mablag‘lari va shaxsiy ma’lumotlarini ishonchli himoyalash imkonini berishi ta’kidlandi.
Muhokamalar yakunida kiberxavfsizlikni kuchaytirish, aholining moliyaviy savodxonligini oshirish hamda banklar va davlat organlari o‘rtasidagi hamkorlikni yanada mustahkamlash bo‘yicha muhim taklif va xulosalar bildirildi.
Turonbank — zamonaviy texnologiyalar, ishonchli himoya va xavfsiz moliya tarafdori

Muallif: Matbuot xizmati
Manba:
Matbuot xizmati