25 Fev 2026
“Turonbank” ATB Qarshi BXM binosida “Korrupsiyasiz bank” shiori ostida navbatdagi targ‘ibot va profilaktik tadbir o‘tkazildi.
Unda bankning Korrupsiyaga qarshi kurashish xizmati boshlig‘i S.Kamilov hamda bosh menejer X.Zikirov tomonidan Qarshi BXM, Mirishkor BXO, Kompleks Market BXO, Farhod BXO xodimlari, shuningdek mahalla agentlari va bankirlari uchun tushuntirish ishlari olib borildi.
Tadbirda korrupsiyaning bank tizimiga salbiy ta’siri, uning oldini olish mexanizmlari, ichki nazorat tizimlari hamda xizmat vazifalarini halol va sidqidildan bajarish ahamiyati yoritildi. Shuningdek, bankda ISO 37001 xalqaro korrupsiyaga qarshi menejment tizimi asosida amalga oshirilayotgan ishlar haqida ma’lumot berildi.
Ta’kidlanganidek, har bir xodimda korrupsiyaga qarshi qat’iy immunitetni shakllantirish – bugungi kunning ustuvor vazifasidir.
Turonbank — ochiqlik va shaffoflik tamoyillariga sodiq!

Muallif: Matbuot xizmati
Manba:
Matbuot xizmati