Korrupsiyani oldini olish — bank tizimida shaffoflik va ishonchning asosiy omili

9-dekabr — Xalqaro korrupsiyaga qarshi kurashish kuni munosabati bilan Markaziy bank hamda davlat tijorat banklari ishtirokida korrupsiya va manfaatlar to‘qnashuvini oldini olish masalalariga bag‘ishlangan matbuot anjumani bo‘lib o‘tdi. Tadbirda bank tizimida ochiqlikni kuchaytirish va korrupsiyaviy xatarlarni kamaytirishga qaratilgan ustuvor vazifalar belgilandi.

Ushbu anjumanda “Turonbank” ATB vakillari ham faol ishtirok etib, bankda korrupsiyaning oldini olish borasida amalga oshirilayotgan tizimli ishlar, komplayens va ichki nazorat mexanizmlarini mustahkamlash bo‘yicha olib borilayotgan amaliy chora-tadbirlar haqida ma’lumot berdilar.

"Turonbank“ ATB faoliyatida mijozlar bilan munosabatlarda adolat, mas’uliyat va shaffoflikni ustuvor yo‘nalish sifatida belgilagan bo‘lib, raqamlashtirish jarayonlarini kengaytirish orqali inson omiliga bog‘liq xatarlarni kamaytirish va operatsiyalar kuzatiluvchanligini oshirish ustida izchil ishlamoqda.

Korrupsiyaga qarshi kurash — jamiyat ishonchini mustahkamlovchi muhim qadriyatdir.

photo_5_2025-12-11_17-17-53.jpg
photo_7_2025-12-11_17-17-53.jpg
photo_6_2025-12-11_17-17-53.jpg
photo_4_2025-12-11_17-17-53.jpg
photo_3_2025-12-11_17-17-53.jpg
photo_2025-12-12_10-17-42.jpg
photo_1_2025-12-11_17-17-53.jpg