“Turonbank” ATB Shahrisabz BXMda “Korrupsiyasiz bank” shiori ostida targ‘ibot tadbiri tashkil etildi. Unda Shahrisabz BXM, Chiroqchi BXO, Oqsaroy BXO va Amir Temur BXO xodimlari, shuningdek, mahalla agentlari va mahalla bankirlari ishtirok etdi.

Tadbir davomida Korrupsiyaga qarshi kurashish xizmati boshlig‘i S.Kamilov hamda bosh menejer X.Zikirov tomonidan korrupsiyaning salbiy oqibatlari, uning oldini olish choralari, shaffoflik va halollik tamoyillarini mustahkamlash masalalari yuzasidan tushuntirishlar berildi.

Shuningdek, bank tizimida ISO 37001 xalqaro korrupsiyaga qarshi menejment tizimi asosida amalga oshirilayotgan ishlar, amaldagi qonunchilik talablari va ichki nazorat mexanizmlari haqida batafsil ma’lumot taqdim etildi.

Mazkur manzilli profilaktik tadbir bank tizimida ochiqlik va shaffoflikni ta’minlash, korrupsiyaga nisbatan murosasiz muhitni shakllantirish hamda mijozlar ishonchini mustahkamlashga qaratilgan.

photo_6_2026-02-23_20-31-15.jpg
photo_5_2026-02-23_20-31-15.jpg
photo_3_2026-02-23_20-31-15.jpg
photo_2_2026-02-23_20-31-15.jpg
photo_1_2026-02-23_20-31-15.jpg