“Turonbank” aksiyadorlik tijorat banki tomonidan jismoniy shaxslarga ajratilgan kreditlarning shartlarini qayta koʻrib chiqish va qoʻshimchalar kiritish (restrukturizatsiya qilish) tartibi
Restrukturizatsiya – ajratilgan kredit shartnoma shartlariga oʻzgarish va qoʻshimchalar kiritish.
Kredit shartlarini qayta koʻrib chiqish va qoʻshimchalar kiritish (restrukturizatsiya) shartlari:
- Qarzdor ogʻir dard bilan kasallangan taqdirda;
- Qarzdor tugʻish taʻtilini olgan taqdirda imtiyoz berilishi mumkin;
- Bankda kredit qarzdorligi mavjud boshqa jismoniy shaxslar.
- shaxsini tasdiqlovchi hujjat (biometrik passport yoki ID kartasi);
- ariza;
- tugʻruq taʻtilini olganligi toʻgʻrisida tasdiqlovchi hujjat;
- ogʻir dard bilan kasallanganligi toʻgʻrisida maʻlumotnoma yoki tasdiqlovchi hujjat;
- oylik tushadigan kartasining pul aylanmasi to‘g‘risidagi ma’lumotnoma;
- agar qoʻshimcha qarzdor yoki kafil mavjud boʻlsa qoʻshimcha qarzdor va kafilning rozilik xati;
- agar mijoz rasmiy daromad manbaiga ega bo‘lmasa yoki o‘zini-o‘zi band qilgan bo‘lsa unda mijoz bilan bank xodimi og‘zaki suhbat qiladi va mazkur suhbatda mijozga har oy keladigan daromad vaqti o‘rganilib yozma xulosa beriladi.
Batafsil ma'lumotlarni havola orqali tanishib chiqishingiz mumkin. Tartib








