22 Yan 2026
Limon mahsulotlarini yetishtirish va sotish geografiyasi kengaymoqda
“Yangi O‘zbekiston” gazetasi navbatdagi sonida e’lon qilingan maqolada Farg‘ona viloyatida limon yetishtirish va eksport qilish tajribasi izchil rivojlanayotgani qayd etildi. Xususan, birgina mahallada 800 dan ortiq xonadonda limon ekilib, zamonaviy issiqxonalar orqali yuqori hosildorlikka erishilmoqda.
O‘tgan mavsumda limon eksporti 1 million AQSh dollaridan oshgani, joriy mavsumda esa ushbu ko‘rsatkich yanada ortishi kutilayotgani ta’kidlangan. Ayrim xo‘jaliklarda bir tup limondan 75–80 kilogrammgacha hosil olinmoqda.
Ushbu jarayonda “Turonbank“ ATB tomonidan limonchilik loyihalarini moliyalashtirish, issiqxonalar tashkil etish, kooperatsiyalar faoliyatini qo‘llab-quvvatlash hamda tadbirkorlar uchun qulay moliyaviy imkoniyatlar yaratish orqali soha rivojiga munosib hissa qo‘shilmoqda.

Muallif: Matbuot xizmati
Manba:
Matbuot xizmati