“Turonbank” ATB Boshqaruvi raisi Ch.S.Mirzayev boshchiligidagi ishchi guruh Andijon viloyati, Baliqchi tumanidagi yirik “Golden Lemon Fruit” MCHJda limonchilik faoliyati bilan tanishdi.

Tumanda 1 gektar maydonda tashkil etilgan zamonaviy qishloq xo‘jaligi korxonasi tadbirkor uchun barqaror daromad manbai bo‘lib xizmat qilmoqda. Zamonaviy agrotexnologiyalar asosida qisqa muddatda yuqori hosil olinayotgani qayd etildi.

Uchrashuvda limonchilikni kengaytirish, hosildorlikni oshirish hamda mahallani ushbu yo‘nalishga ixtisoslashtirish masalalari muhokama qilinib, bank tomonidan moliyaviy qo‘llab-quvvatlash imkoniyatlari ko‘rib chiqildi.

Shuningdek, bank Boshqaruv Raisi viloyatdagi “Zamin unumdori” fermer xo‘jaligi faoliyati bilan ham tanishib, joriy yilda moliyaviy qo‘llab-quvvatlashni kuchaytirish hamda texnologik modernizatsiyani joriy etish bo‘yicha takliflar berdi.

Yakunda aholi bandligini ta’minlash, daromadlarni oshirish va hudud iqtisodiy salohiyatini mustahkamlash muhimligi alohida ta’kidlandi.

photo_1_2026-03-02_16-29-32.jpg
photo_4_2026-03-02_16-29-32.jpg
photo_2_2026-03-02_16-29-32.jpg
photo_5_2026-03-02_16-29-32.jpg
photo_3_2026-03-02_16-29-32.jpg