Mahalliy tadbirkorlar bilan davra suhbati o‘tkazildi

Joriy yilning 4-dekabr kuni Toshkent shahar BXM rahbari Rahimjon Mahmudov boshchiligidagi ishchi guruh hamda Markaziy bank vakillari ishtirokida Mirzo Ulug’bek tumanida tadbirkorlar bilan davra suhbati tashkil etildi.

Muloqot davomida hududda tadbirkorlikni rivojlantirish, yangi ish o‘rinlari yaratish, aholining bandligini ta’minlash hamda mahalliy tashabbuslarni qo‘llab-quvvatlash masalalari muhokama qilindi.

Tadbir ishtirokchilari bank xizmatlaridan foydalanish imkoniyatlari, imtiyozli kredit dasturlari, mikroloyihalarni moliyalashtirish jarayoni hamda raqamli bank xizmatlari bilan tanishtirildi.

Shuningdek, tadbirkorlarning taklif va muammolari tinglanib, ularni tezkor va samarali hal etish bo‘yicha tegishli topshiriqlar berildi. Bundan tashqari, bir nafar tadbirkorning masalasi joyida hal bo’ldi.

Turonbank — tadbirkorlarga qanot beruvchi imkoniyatlar manzili!

photo_7_2025-12-05_15-55-20.jpg
photo_6_2025-12-05_15-55-20.jpg
photo_5_2025-12-05_15-55-20.jpg
photo_4_2025-12-05_15-55-20.jpg
photo_3_2025-12-05_15-55-20.jpg
photo_2_2025-12-05_15-55-20.jpg
photo_1_2025-12-05_15-55-20.jpg