28 Noy 2025
Mahalliy tadbirkorlar bilan ochiq muloqot o‘tkazildi
“Turonbank“ ATB Boshqaruv Raisi o‘rinbosari tomonidan joriy yilning 27-noyabr kuni Samarqand viloyatining Bulung‘ur tumanida mahalla aholisi va tadbirkorlar bilan uchrashuv tashkil etildi.
Muloqot davomida hududda tadbirkorlikni rivojlantirish, yangi ish o‘rinlari yaratish, aholining bandligini ta’minlash hamda mahalliy tashabbuslarni qo‘llab-quvvatlash masalalari muhokama qilindi.
Tadbir ishtirokchilari bank xizmatlaridan foydalanish imkoniyatlari, imtiyozli kredit dasturlari, mikroloyihalarni moliyalashtirish jarayoni hamda raqamli bank xizmatlari bilan tanishtirildi.
Shuningdek, tadbirkorlarning taklif va muammolari tinglanib, ularni tezkor va samarali hal etish bo‘yicha tegishli topshiriqlar berildi.

Muallif: Matbuot xizmati
Manba:
Matbuot xizmati