Farg‘ona shahrida joylashgan Turonbank Bank xizmatlari markazi jamoasi bugungi Milliy liboslar kunini o‘zgacha ruhda va a'lo kayfiyatda nishonladi!

Xodimlarimiz bugun nafaqat ishga, balki milliy qadriyatlarimizga, o‘zligimizga sadoqat bilan keldi. Har bir libos – bu tarix, bu madaniyat, bu g‘urur. Atlasu adraslar, do‘ppilar va zarbof liboslar ish joyimizni bayramona muhitga aylantirdi.

Bu kun bizga, milliylik – bu nafaqat libos, balki yurakdagi g‘urur, dilimizdagi mehr va kelajak oldidagi mas'uliyatimiz ekanligini eslatadigan kundir.

Turonbank – har doim o‘z qadriyatlariga sodiq!

DSC01218.JPG
DSC01234.JPG
DSC01187.JPG
DSC01196.JPG
DSC01208.JPG
DSC01220.JPG
DSC01166.JPG
DSC01227.JPG