Misrda strategik hamkorlik sari muhim qadam!

Joriy yilning 3–6-fevral kunlari O‘zbekiston Respublikasi delegatsiyasi tarkibida “Turonbank” ATB Boshqaruv Raisi Ch.S.Mirzayev, BRB Boshqaruv Raisi S.S.Annaklichev, “Uzagrostar xolding” kompaniyasi direktori F.Muxiddinov hamda “Bulung‘ur Agrostar“ MChJ rahbari M.Bozorboyev Misr Arab Respublikasining Qohira shahrida bo‘lib o‘tayotgan xalqaro ishchi safarda faol ishtirok etmoqda.

Mazkur tadbirning asosiy maqsadi — Misrning ilg‘or kartoshkachilik tajribasini o‘rganish, urug‘lik kartoshka yetishtirishda innovatsion texnologiyalarni joriy etish hamda eksport yo‘nalishida qo‘shma loyihalar orqali ikki davlat agro-sanoat hamkorligini yangi bosqichga olib chiqishdan iborat.

Safar doirasida delegatsiya Misrning yetakchi kompaniyalari — EFC Plants Tissue Culture hamda Daltex Corporation faoliyati bilan yaqindan tanishib, dala maydonlari, issiqxonalar va ilmiy laboratoriyalarda bo‘lishdi. Shuningdek, Misr Qishloq xo‘jaligi va melioratsiya vazirligi huzuridagi ilmiy-tadqiqot markazida muzokaralar o‘tkazildi.

Uchrashuvlar yakunida kartoshkachilik va urug‘chilik sohasida uzoq muddatli hamkorlik memorandumi imzolandi hamda tomonlar o‘zaro esdalik sovg‘alari almashib, O‘zbekiston delegatsiyasi  tomonidan milliy mahsulot - o‘zbek limoni taqdim etildi.

Turonbank — taraqqiyot yo‘lida ishonchli hamkor!

photo_1_2026-02-09_12-09-08.jpg
photo_2_2026-02-09_12-09-08.jpg
photo_3_2026-02-09_12-09-08.jpg
photo_4_2026-02-09_12-09-08.jpg
photo_5_2026-02-09_12-09-08.jpg
photo_6_2026-02-09_12-09-08.jpg
photo_7_2026-02-09_12-09-08.jpg
photo_8_2026-02-09_12-09-08.jpg
photo_9_2026-02-09_12-09-08.jpg
photo_10_2026-02-09_12-09-08.jpg