29 Sen 2025
Moliyaviy savodxonlik – barqaror taraqqiyot garovi!
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 16-dekabrdagi yig‘ilish bayoni hamda 2025-yil 17-yanvardagi PQ-12-sonli qarorida belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlash maqsadida, mahalla bankirlari va yordamchi agentlar uchun seminar-treninglar tashkil etildi.
Tadbirlar davomida moliyaviy savodxonlikni oshirish, yo‘l qo‘yilgan xato va kamchiliklarning sabablarini bartaraf etish hamda samarali choralarni ishlab chiqish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.
Mazkur seminar-treninglarga Ma’naviy-ma’rifiy ishlarni tashkil etish bo‘limi boshlig‘i I.Salamov hamda Davlat dasturlari bilan ishlash departamenti direktori o‘rinbosari A.Aliyev boshchilik qildi.
Tashabbus doirasida Shahrisabz, Samarqand va Jizzax shaharlarida o‘tkazilgan uchrashuvlar ishtirokchilar uchun katta tajriba maktabiga aylandi.
Moliyaviy bilimlarni yanada kengaytirish va xodimlarning kasbiy salohiyatini mustahkamlash orqali, aholiga ko‘rsatilayotgan bank xizmatlarining sifati ham yangi bosqichga ko‘tariladi!

Muallif: Matbuot xizmati
Manba:
Matbuot xizmati