20 Sen 2025
Namanganda “Rahbar va yoshlar” ochiq uchrashuvi bo‘lib o‘tdi
Namangan shahrida TuronBankning Farg‘ona, Andijon va Namangan viloyatlarida faoliyat yuritayotgan xodimlari ishtirokida “Rahbar va yoshlar” ochiq muloqoti tashkil etildi.
Uchrashuv davomida yoshlarning ish jarayoniga oid fikr-mulohazalari, taklif va tashabbuslari tinglandi, ularni qiziqtirayotgan dolzarb masalalar yuzasidan erkin suhbat olib borildi.
TuronBank Boshqaruv Raisi o’rinbosari Zoxidjon Obidov bankda yoshlar uchun qulay mehnat sharoitlari yaratish, ularning kasbiy rivojlanishini qo‘llab-quvvatlash masalalarida ochiq fikr bildirdilar hamda har bir taklif e’tiborsiz qolmasligini alohida ta’kidladilar.
Samimiy va do‘stona ruhda o‘tgan mazkur muloqot yoshlarga o‘z salohiyatini namoyon etish, tashabbuskorlik bilan faoliyat yuritish hamda kelajakdagi maqsadlari sari dadil qadam tashlash uchun yangi imkoniyatlar eshigini ochdi.
Yoshlarning rivojlanishini qo‘llab-quvvatlash – TuronBankning ustuvor yo‘nalishlaridan biridir.

Muallif: Matbuot xizmati
Manba:
Matbuot xizmati