22 Sen 2025
NamDUda moliyaviy savodxonlik tadbiri bo‘lib o‘tdi
Joriy yilning 19-sentabr kuni Namangan Davlat Universitetida talaba yoshlar uchun moliyaviy savodxonlik tadbiri bo‘lib o‘tdi. Unda “Turonbank” ATB Boshqaruv raisining matbuot kotibi Sh.Qo‘chqarov va Namangan BXM vakillari ishtirok etib, talabalar bilan ochiq muloqot tarzida uchrashuv o‘tkazishdi.
Tadbir davomida yoshlarga bank tizimidagi imkoniyatlar, moliyaviy savodxonlikning ahamiyati va kelgusidagi kasbiy o‘sish yo‘llari haqida batafsil tushunchalar berildi. Talabalar o‘zlarini qiziqtirgan savollar bilan murojaat qilib, sohaga oid yangi bilim va tajribalarni qo‘lga kiritishdi.
Tashkil etilgan tadbir doirasida 500 nafarga yaqin yoshlar qamrab olindi. Turli auditoriya va zallarda bo‘lib o‘tgan uchrashuvlarda talabalar nafaqat moliyaviy savodxonlikka oid bilimlarni egallashdi, balki ijobiy tashabbuslarni amalga oshirish hamda kelajakka aniq rejalar tuzishda muhim yo‘l-yo‘riqlarni ham oldilar.
Tadbirni yuqori saviyada tashkil etishda yaqindan yordam ko‘rsatgan universitet rahbariyatiga minnatdorchilik bildiramiz.
Turonbank – bilimli, izlanuvchan va tashabbuskor yoshlarni qo‘llab-quvvatlaydi!

Muallif: Matbuot xizmati
Manba:
Matbuot xizmati