Nukus BXM: Milliy libos – milliy faxr!

Nukus BXM jamoasi bugungi ish kunini qoraqalpoq milliy liboslarida boshladi. Xodimlarning milliy kiyimda xizmat ko‘rsatishi nafaqat kasbiy yondashuvni, balki xalqimizga xos samimiyat va mehmondo‘stlikni ham namoyon etmoqda.

Bu tashabbus xizmat ko‘rsatish madaniyatiga yangi ruh olib kirib, milliy qadriyatlarimizni keng ommalashtirishga, shuningdek, jamoada mehr-oqibat va hamjihatlikni kuchaytirishga sabab bo‘lmoqda.

Eng asosiysi, milliy libos xodimlar qalbida faxr tuyg‘usini uyg‘otib, boy qoraqalpoq tarixiy merosi bilan zamonaviy hayot tarzini uyg‘unlashtirish imkonini bermoqda.

Milliy libos – bu o‘zligimiz, milliy faxrimiz!

photo_2025-09-12_19-40-54 (2).jpg
photo_2025-09-12_19-40-53 (2).jpg
photo_2025-09-12_19-40-53.jpg
photo_2025-09-12_19-40-55.jpg
photo_2025-09-12_19-40-52.jpg