“O‘zbek limoni” – Anuga 2025’da!

Joriy yilning 4–8 oktabr kunlari Germaniyaning Kyoln shahrida o‘tkazilayotgan Anuga 2025 xalqaro oziq-ovqat ko‘rgazmasi — dunyoning eng yirik va nufuzli sanoat yarmarkalaridan biridir. Bu yilgi tadbirda O‘zbekiston nomidan “Turonbank” ATB vakillari ham ishtirok etib, mamlakatimizda yetishtirilayotgan mahsulotlarning xalqaro bozorlardagi nufuzini oshirishga munosib hissa qo‘shmoqda.

“Anuga 2025“ 100 dan ortiq davlatdan 7 800 dan ziyod kompaniyani birlashtirgan global ko‘rgazma bo‘lib, oziq-ovqat sanoatidagi eng ilg‘or mahsulotlar va innovatsiyalar namoyish etilmoqda. Aynan shu yirik platformada “O‘zbek limoni”ning xalqaro miqyosda tan olinayotgani — O‘zbekiston brendi sifatidagi yutuqlarimizning dalilidir.

“O‘zbek limoni” milliy brendi ko‘rgazmaning diqqat markazida bo‘lib, o‘zining tabiiyligi, sifati va o‘ziga xos lazzati bilan xalqaro ekspertlar va xaridorlar e’tiborini tortmoqda. Bu brend O‘zbekiston agrar salohiyatining, yurtimizdagi mehnatsevar dehqonlar fidoyiligining yorqin ifodasidir.

“Turonbank” ATB vakillari Anuga 2025 doirasida xorijiy hamkorlar, investorlar hamda distribyutorlar bilan uchrashuvlar o‘tkazib, o‘zbek fermerlarini global bozorga olib chiqish yo‘lida yangi istiqbollarni muhokama qilmoqda.

“O‘zbek limoni” – bu sifat, ishonch va milliy mehnat timsoli.

photo_2025-10-07_15-28-08.jpg
photo_2025-10-07_15-28-09.jpg
photo_2025-10-07_15-28-09 (2).jpg
photo_2025-10-07_15-28-10.jpg
photo_2025-10-07_15-28-11.jpg
photo_2025-10-07_15-28-11 (2).jpg
photo_2025-10-07_15-28-12.jpg
photo_2025-10-07_15-28-12 (2).jpg
photo_2025-10-07_15-28-13.jpg
photo_2025-10-07_15-28-13 (2).jpg