6 Fev 2026
O‘zbekiston delegatsiyasi Misrda: investitsion hamkorlik sari muhim qadam
Misr Arab Respublikasida xorijiy investitsiyalarni kengaytirish doirasida “Mustaqbal Misr” kompaniyasi O‘zbekiston delegatsiyasini qabul qildi. Uchrashuvda O‘zbekistonning Qohiradagi elchisi M.Qilichev, BRB Boshqaruv Raisi S.S.Annaklichev, “Uzagrostar xolding” kompaniyasi direktori F.Muxiddinov hamda “Turonbank” ATB Boshqaruv Raisi Ch.S.Mirzayev boshchiligidagi delegatsiya vakillari ishtirok etdi.
Muloqot davomida yer osti suvlaridan samarali foydalanish va zamonaviy agroloyihalarni amalga oshirish borasidagi ilg‘or tajribasi taqdim etildi. Tomonlar ushbu tajribani O‘zbekistonda qo‘llash hamda investitsion hamkorlikni kengaytirish istiqbollarini muhokama qildi.
Delegatsiya “Yangi Delta“ hududidagi yirik loyihalar bilan tanishib, amalga oshirilayotgan ishlar ko‘lami, rejalashtirish darajasi va ularning oziq-ovqat xavfsizligini ta’minlashdagi ahamiyatini yuqori baholadi.

Muallif: Matbuot xizmati
Manba:
Matbuot xizmati