11 Dek 2025
O‘zbekiston mahsulotlari “Food Ingredients Europe 2025” xalqaro ko‘rgazmasida!
Joriy yilning 2–4 dekabr kunlari Fransiyaning Parij shahrida dunyoning eng yirik oziq-ovqat ingredientlari ko‘rgazmalaridan biri — “Food Ingredients Europe 2025” bo‘lib o‘tdi. Unda 30 dan ortiq davlatlardan minglab kompaniyalar o‘z mahsulot va innovatsion yechimlarini namoyish etishdi.
Ushbu nufuzli tadbirda O‘zbekiston delegatsiyasi tarkibida “Turonbank” ATB vakillari ham ishtirok etib, mahalliy ishlab chiqaruvchilarni xalqaro maydonda qo‘llab-quvvatlamoqda. Bank mijozlaridan biri — “Berad Agro” MChJ, quritilgan meva va sabzavotlar ishlab chiqarish bo‘yicha yetakchi kompaniyalardan biri sifatida ko‘rgazmada faol ishtirok etmoqda.
Bank vakillari “Berad Agro” MChJ bilan hamkorlikda O‘zbek limonining quritilgan variantini xalqaro maydonda taqdim etishdi. Mahsulotning tabiiyligi, yorqin ta’mi va yuqori sifati ko‘plab xorijiy mutaxassislar e’tiborini tortdi.
Tadbir davomida “Turonbank” ATB va “Berad Agro” MChJ vakillari xorijiy kompaniyalar bilan uchrashuvlar o‘tkazib, eksport yo‘nalishlarini kengaytirish hamda qo‘shma loyihalar bo‘yicha muzokaralar olib borishdi.
Turonbank — tashabbuskor mijozlar uchun global imkoniyatlarga yo‘l ochishda ishonchli hamroh!

Muallif: Matbuot xizmati
Manba:
Matbuot xizmati