O‘zbekiston mahsulotlari “Foodex Saudi Jeddah 2025” ko‘rgazmasida namoyish etildi!

Saudiya Arabistoni, Jidda shahri — Joriy yilning 3–6 noyabr kunlari “Jeddah Center for Exhibitions and Conferences” markazida o‘tkazilgan “Foodex Saudi Jeddah” xalqaro oziq-ovqat ko‘rgazmasida dunyoning 20 ta davlatidan 200 dan ortiq milliy brendlar o‘z mahsulotlarini taqdim etmoqda.

Mazkur nufuzli anjumanda O‘zbekiston delegatsiyasi ham faol ishtirok etyapti. Mamlakatimizdan 20 nafar tadbirkor o‘z milliy mahsulotlarini xususan, meva-sabzavotlar, qadoqlangan oziq-ovqatlar, ichimliklar, shuningdek "O‘zbek limoni"ni namoyish qildilar.

O‘zbekiston mahsulotlari savdo yarmarkasi ko‘rgazmaning eng qiziqarli pavilyonlaridan biri bo‘ldi. Tashrif buyuruvchilar o‘zbek limonining tabiiyligi, sifati va eksport salohiyatiga yuqori baho berdilar.

Tadbirda “Turonbank” ATB xodimlari ham faol ishtirok etib, bank tomonidan eksport faoliyatini moliyaviy qo‘llab-quvvatlash mexanizmlari, tadbirkorlar uchun imtiyozli kredit imkoniyatlari hamda xalqaro hamkorlikni rivojlantirish borasida ma’lumotlar taqdim etdilar.

“Foodex Saudi Jeddah” ko‘rgazmasi O‘zbekiston uchun yangi bozorlar bilan tanishish, eksport geografiyasini kengaytirish va milliy brend imijini mustahkamlashda muhim ahamiyat kasb etmoqda.

photo_1_2025-11-08_15-04-01.jpg
photo_2_2025-11-08_15-04-01.jpg
photo_3_2025-11-08_15-04-01.jpg
photo_4_2025-11-08_15-04-01.jpg
photo_5_2025-11-08_15-04-01.jpg
photo_6_2025-11-08_15-04-01.jpg
photo_7_2025-11-08_15-04-01.jpg
photo_8_2025-11-08_15-04-01.jpg