18 Okt 2025
“O‘zbekiston mahsulotlari” – Singapur sahnasida
Joriy yilning 17–18-oktabr kunlari Singapur shahrining markazida joylashgan “Marina Square” savdo majmuasida start olgan “O‘zbekiston mahsulotlari” yarmarkasida, milliy mahsulotlarimiz orasida eng katta e’tiborni tortayotgan — “O‘zbek limoni” xalqaro maydonda namoyish etilmoqda.
Yarmarkani O‘zbekistonning Singapurdagi Elchisi Alisher Qayumov o‘z nutqi bilan ochib berdi. Mazkur loyiha xalqaro hamkorlik aloqalarini kengaytirish, yangi eksport bozorlarini ochish va investitsion kelishuvlar uchun muhim muzokaralar maydoniga aylanmoqda. Shuningdek, O‘zbekiston mahsulotlarini targ‘ib qilishga qaratilgan ana shunday yarmarkalar yaqinda boshqa davlatlarda ham muvaffaqiyatli tashkil etilgani e’tiborga molikdir.
Yarmarkaga kelgan mehmonlar O‘zbekistonning eng sifatli va tabiiy mahsulotlari bilan tanishish imkoniga ega bo‘lishmoqda. Bu yerda tabiiy usulda quritilgan mevalar, zamonaviy texnologiyalar asosida tayyorlangan sublimatsiyalangan mahsulotlar, qayta ishlangan tabiiy ne’matlar — sharbatlar, murabbolar hamda konservalar taqdim etilmoqda.
Eng quvonarlisi, ushbu nufuzli yarmarkada “Turonbank” ATB vakillari ham bevosita ishtirok etib, “O‘zbek limoni” milliy brendini xalqaro maydonga taqdim etishmoqda. O‘zining yorqin rangi, sof tabiiy ta’mi va betakror hushbo‘y ifori bilan mazkur limonlar xorijiy mehmonlar va investorlar e’tiborini tortmoqda.
Yarmarka Oʻsimliklar karantini va himoyasi agentligi, Singapur Davlat Meva va Sabzavot Import hamda Eksport Assotsiatsiyasi, O‘zbekiston Respublikasi Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi hamda O‘zbekiston Respublikasining Singapurdagi Elchixonasi boshchiligida tashkil etildi.
Turonbank — global maydonga yetaklovchi milliy brendlar bilan bir safda!

Muallif: Matbuot xizmati
Manba:
Matbuot xizmati