“Turonbank” ATB jamoasi tomonidan yoshlar o‘rtasida tarixiy xotirani mustahkamlash, milliy qadriyatlarimizga hurmat ruhini yanada oshirish maqsadida Islom sivilizatsiyasi markaziga ma’naviy-ma’rifiy sayohat tashkil etildi.

Mazkur sayohat davomida xodimlar buyuk islom sivilizatsiyasining boy ilmiy va madaniy merosi bilan yaqindan tanishish imkoniga ega bo‘lishdi.

Ayniqsa, tarixiy eksponatlar, noyob qo‘lyozmalar hamda zamonaviy interaktiv ekspozitsiyalar barchada katta taassurot qoldirdi.

Bunday tashabbuslar nafaqat bank xodimlarining bilim va dunyoqarashini kengaytiradi, balki jamoa ruhini mustahkamlashda ham muhim ahamiyat kasb etadi.

Turonbank — milliy qadriyatlar va zamonaviy taraqqiyot uyg‘unligi tarafdori!

photo_2_2026-04-11_14-32-53.jpg
photo_1_2026-04-11_14-32-53.jpg
photo_5_2026-04-11_14-32-53.jpg
photo_4_2026-04-11_14-32-53.jpg
photo_3_2026-04-11_14-32-53.jpg
photo_7_2026-04-11_14-32-53.jpg
photo_6_2026-04-11_14-32-53.jpg
photo_8_2026-04-11_14-32-53.jpg