“Turonbank” ATB xodimi Shamsiyeva Yulduz Olimovna iqtisodiyot fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasi uchun dissertatsiya ishini muvaffaqiyatli himoya qildi.

Mazkur ilmiy yutuq Shamsiyeva Yulduzning ilm-fan yo‘lida olib borayotgan izlanishlari, chuqur bilim va tajribasining yana bir muhim natijasi bo‘ldi. Dissertatsiya ishining muvaffaqiyatli himoya qilinishi nafaqat shaxsiy ilmiy faoliyatdagi muhim bosqich, balki bank tizimida ilmiy yondashuv va zamonaviy iqtisodiy qarashlarning rivojiga ham munosib hissa bo‘lib xizmat qiladi.

Ushbu yutuq bilan hamkasbimizni samimiy muborakbod etamiz! Mustahkam sog‘lik, ilmiy faoliyatida yangi ilmiy yutuqlar va yuksak marralar, kelgusidagi izlanishlarida esa ulkan muvaffaqiyatlar tilakdoshimiz.

photo_2_2026-03-09_16-35-06.jpg