9 Yan 2026
Prezident murojaati — taraqqiyotimiz yo‘l xaritasi
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Oliy Majlis va xalqimizga yo‘llagan murojaatnomasi mamlakatni izchil rivojlantirish, iqtisodiy barqarorlikni ta’minlash va aholi farovonligini oshirishga qaratilgan muhim ustuvor vazifalarni belgilab berdi. Unda ilgari surilgan tashabbuslar bugungi islohotlarning mantiqiy davomi hisoblanadi.
Mazkur murojaatnoma doirasida “Turonbank” ATB Sirdaryo BXMda targ‘ibot-tushuntirish ishlari tashkil etilib, Prezidentimiz tomonidan belgilangan vazifalar, jumladan, tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash va bank xizmatlari sifatini oshirish masalalari muhokama qilindi. Tadbirda murojaatda belgilangan yo‘nalishlarning bank faoliyatidagi amaliy ahamiyatiga e’tibor qaratildi.
“Turonbank“ ATB jamoasi Prezident murojaatnomasi ijrosini ta’minlash, belgilangan vazifalani sifatli amalga oshirish hamda hududlarda iqtisodiy faollikni oshirish yo‘lida izchil ishlarni davom ettiradi.

Bugungi islohotlar — ertangi barqaror rivoj garovi.

Muallif: Matbuot xizmati
Manba:
Matbuot xizmati