Qashqadaryoda sanoat va xizmat ko‘rsatish sohasidagi yangi imkoniyatlar – e’tiborda!

“Turonbank” ATB Boshqaruv Raisi Qashqadaryo viloyati hokimi birinchi o‘rinbosari hamda Markaziy bank Qashqadaryo viloyati Bosh Boshqarmasi boshlig‘i bilan birgalikda hududlarda bank tomonidan amalga oshirilayotgan loyihalarni o‘rganish, bank bilan yanada samarali hamkorlik yo‘llarini muhokama qilish maqsadida qator tadbirkorlar bilan uchrashuvlar o‘tkazdi.

  • “Alp Texno Servis” XK – mintaqada zamonaviy texnologiyalar asosida qurilish materiallari ishlab chiqarishga ixtisoslashgan ushbu korxona bilan hamkorlik masalalari muhokama qilinib kelgusi rejalar xususida fikr almashildi 
  • Aholiga sifatli tibbiy xizmat ko‘rsatishni yo‘lga qo‘ygan “Javohir Medical Sentr” XK faoliyati bilan ham tanishildi. Muhokamalar davomida xizmat ko‘rsatish sifatini oshirish bo‘yicha rejalar batafsil ko‘rib chiqildi. 
  • “Ekspress Temir Beton Servis” MChJ infratuzilma loyihalarini amalga oshirishda muhim bo‘lgan temir-beton buyumlarini ishlab chiqaruvchi korxonada esa yangi ishlab chiqarish quvvatlarini rivojlantirish borasida suhbatlar o‘tkazildi.
  • Plastik trubalar ishlab chiqarish yo‘lga qo‘yilgan “Qarshi Truba Plast” MChJda yangi texnologiyalarni amaliyotga joriy etish va mahsulot assortimentini yanada kengaytirish imkoniyatlari muhokama qilindi.
  • Shu bilan birga Turonbank Boshqaruvi Raisi Qamashi tumanida bank tomonidan qurilayotgan Maydanak turistik zonasida ham bo'lib, qurilish ishlarini ko'zdan kechirdi va amalga oshirilishi lozim bo'lgan ishlar muhokama etildi.
Uchrashuvlar davomida korxonalar faoliyatini yanada rivojlantirish, ishlab chiqarishni kengaytirish va eksport salohiyatini oshirish masalalari bo‘yicha muloqotlar olib borildi. Shuningdek, tadbirkorlarning ehtiyoj va takliflari tinglanib, ularni moliyaviy jihatdan qo‘llab-quvvatlash mexanizmlari ko‘rib chiqildi.

“Turonbank” ATB mijozlar bilan yaqin hamkorlikni davom ettirib, ularning biznesini qo‘llab-quvvatlash, yangi loyihalarni moliyalashtirish va iqtisodiy o‘sishga hissa qo‘shishda ishonchli hamkor bo‘lib qoladi

photo_2025-09-08_10-12-35 (2).jpg
photo_2025-09-08_10-12-35.jpg
photo_2025-09-08_10-12-34 (2).jpg
photo_2025-09-08_10-12-34.jpg
photo_2025-09-08_10-12-33 (2).jpg
photo_2025-09-08_10-12-33.jpg
photo_2025-09-08_10-12-32 (2).jpg
photo_2025-09-08_10-12-32.jpg
photo_2025-09-08_10-12-31 (2).jpg
photo_2025-09-08_10-12-31.jpg