QDU talabalari bilan moliyaviy savodxonlik mavzusida uchrashuv

Joriy yilning 5-fevral sanasida Berdaq nomidagi Qoraqalpoq davlat universiteti iqtisodiyot fakulteti talabalari uchun Markaziy bankning Finlit.uz loyihasi doirasida moliyaviy savodxonlikka bag‘ishlangan uchrashuv tashkil etildi.

Tadbir “Turonbank” ATB Boshqaruv Raisining Matbuot kotibi Sh.Qo‘chqarov boshchiligida o‘tkazilib, unda yoshlarning moliyaviy bilimlarini mustahkamlash, bank xizmatlaridan oqilona foydalanish va moliyaviy madaniyatni shakllantirish masalalariga e’tibor qaratildi.

Uchrashuv davomida talabalar bank mahsulotlaridan samarali foydalanish bo‘yicha tavsiyalar olishdi. Shuningdek, firibgarlikdan ehtiyot bo‘lish, shaxsiy ma’lumotlarni himoyalash hamda xavfsiz onlayn to‘lovlar yuzasidan muhim tushuntirishlar berildi.

Bu kabi tadbirlar moliyaviy savodxonlikni oshirish bilan birga, firibgarlikka tushib qolish xavfini kamaytirish va to‘g‘ri moliyaviy qarorlar qabul qilish ko‘nikmalarini shakllantirishga xizmat qiladi.

Turonbank yoshlar o‘rtasida moliyaviy bilimlarni keng targ‘ib etishni izchil davom ettiradi.

photo_10_2026-02-09_12-49-41.jpg
photo_9_2026-02-09_12-49-41.jpg
photo_8_2026-02-09_12-49-41.jpg
photo_7_2026-02-09_12-49-41.jpg
photo_6_2026-02-09_12-49-41.jpg
photo_5_2026-02-09_12-49-41.jpg
photo_3_2026-02-09_12-49-41.jpg
photo_4_2026-02-09_12-49-41.jpg
photo_2_2026-02-09_12-49-41.jpg
photo_1_2026-02-09_12-49-41.jpg